Присоединяйтесь, чтобы учиться!
Кто хочет изучать веб-дизайн в Интернете? Тогда учись онлайн вместе с нами! Начальные курсы бесплатны. Вы получаете новые знания и опыт благодаря своим рабочим навыкам. Присоединяйтесь к нам! Присоединяйтесь, чтобы учиться

Qiziq bu hayotning ajab ishlari,
Dunyoga kelganda ichiga sig’mas.
Lekin bor ekanda yozning qishlari,
Og’ir judolikdan dunyoga sig’mas.

Shodlikdan suyunib chalingan sozlar,
Go’dak tug’ilgandan quvonar edi.
Har tomonni olgan yig’i ovozlar,
Suratingga qarab ovunar endi.

Qulog’ingga aytgan so’fi ozoni,
Umring so’ngigacha davim etadi.
Yolg’onchi hayotning shamol to’zoni,
Poyonda janoza bilan eltadi.

Tug’ilganlik haqidagi guvohnomani,
Kimdir tosh bitikka almashdi qo’ydi.
Unga ham yozdi lek biror nomani,
Ism familiyangni mahkamlab o’ydi.

Senda edi oqlik poklikning ramzi,
Hali ulgurmagan hech bir hatoga.
Endi achchiq bo’lar ta’rif-u fusni,
Yana o’ralgaydir oppoq matoga.

Tiriklikda eslar o’z isming bilan,
Cheksizday edi-ku qisqami osmon.
Eslaydi ismingni ko’zda yosh bilan,
Faqatgina o’qir haqqinga “qur’on”.

By O`rinboy Tursunboyev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabasi