Sahar shabnam yuvgan go’yo yuzlaringni
Bo’lsam deyman kipriklari ko’zlaringni
Sen jumboqsan yecholmagan yuragim
Kelar har kun suratinga qaragim

Qalbimda bahorlar shamoli yelar
Bilmadim qabimngda bordir nelar
Sendan izlaganim dunyolar emas
Bir bora kulib qo’y menga yetar bas
Tonglar otmas o’ylab visoling shirin
Bu go’zal nigohda nelar yashirin
Yuragimda saqlab shirin tuyg’uni
Qora ko’zlaringni bo’ldim maftuni

Shamollar silaydi sochlaring mayin
Yuragim talpinar senga kun sayin
Kulganingda olam nurga cho’milar
Kulgichlaring bilmam demoqchi nelar

Bog’imdagi gullar senga poyondoz
Shirin tabassuming o’zinga pardoz
Har kuni o’ylanib o’ylarim xalak
Farishtamisan sen yoki bir malak!!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan